Ukraina Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilinganiga munosabat bildirdi

Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak, "Rossiyaliklarni urushga jo‘natish qarori Kremlning harbiy sarguzashtlari barbod bo‘lganidan dalolat beradi", dedi.

1882877
Ukraina Rossiyada qisman safarbarlik e’lon qilinganiga munosabat bildirdi

 

Ukraina Prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiya Federatsiyasida qisman safarbarlik e’lon qilinganiga munosabat bildirdi.

Uning fikricha, ko'plab rossiyaliklarni urushga jo‘natish qarori Kremlning harbiy sarguzashtlari barbod bo‘lganidan dalolat beradi.

“Uch kunlik urush”ning 210-kuni. Ukrainani yo‘q qilishni talab qilgan ruslar nihoyat tan oldilar: 1. Mobilizatsiya; 2. Yopiq chegaralar, bank hisoblarini blokirovka qilish; 3. Qochganlik uchun qamoq; 4. Xususiy harbiy kompaniyalardagi eng past darajali maxsus otryadlar. Ruslar, hali ham reja bo‘yicha ketyapmiz, to‘g‘rimi? Hayotda ajoyib hazil tuyg‘usi bor”, deb yozgan Podolyak Twitter'da.

Eslatma: Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 21 sentyabr kuni Rossiyada qisman harbiy safarlik e’lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina

Aloqador xabarlar