Rossiya Ukraina urushida 5937 nafar askaridan mahrum bo'lgan

Rossiya Mudofaa Sergey Shoygu ma’lum qilishicha, jami yaradorlarning qariyb 90 foizi harbiy xizmatga qaytgan.

1882668
Rossiya Ukraina urushida 5937 nafar askaridan mahrum bo'lgan

 

Ukrainadagi harbiy harakatlar davomida Rossiya 5937 nafar askaridan mahrum bo'lgan.

Bu haqda Rossiya Mudofaa Sergey Shoygu ma’lum qildi.

Shuningdek, Shoygu jami yaradorlarning qariyb 90 foizi harbiy xizmatga qaytganini ta’kidladi. U jarohatlanganlar soniga aniqlik kiritmagan.

Mudofaa vazirligi vakillari “maxsus operatsiya” chog‘ida Rossiya tomonining yo‘qotishlari haqida urush boshlangandan beri uchinchi marta ma’lumot bermoqda.

Sergey Shoyguning ta'kidlashicha, Rossiya nafaqat Ukraina bilan, balki kollektiv G'arb bilan ham urushda.

Vladimir Putinning qisman harbiy safarbarlik eʼlon qilgani haqida gapirgan Shoygu qisman safarbarlikka chaqirilganlar faqat “harbiy xizmatni oʻtagan, maxsus harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan yoki harbiy tajribaga ega boʻlganlardan iborat” boʻlishini aytdi.

Xarbiy xizmatga chaqirilganlarning atigi 1 foizi frontga yuborilishini qayd etgan Shoygu, ular avvalo harbiy tayyorgarlikdan o'tishini ma'lum qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov oxirgi marta 25 mart kuni 1351 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgani va 3825 nafari yaralangani haqida xabar bergan edi.

Eslatma: Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqqa murojaati davomida Rossiyada qisman harbiy safarbarlik e’lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar