Xitoy “Yunhay-1 03” sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirdi

Shanxay kosmik parvozlar texnologiyasi akademiyasi (SAST) tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy yo‘ldosh ilmiy va tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha tadqiqotlar uchun foydalaniladi.

1882650
Xitoy “Yunhay-1 03” sun’iy yo‘ldoshini koinotga uchirdi

 

Xitoy bugun, 21 sentyabr kuni atmosfera, dengiz va kosmik muhitni kuzatish uchun foydalaniladigan uchinchi Yunhay-1 sun’iy yo‘ldoshini muvaffaqiyatli uchirdi.

“Sinxua” axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, “Yunhay-1 03” sun’iy yo‘ldoshi mamlakat shimoli-g‘arbidagi Szyutsyuan kosmodromidan “Long March-2D” raketasi yordamida uchirilgan.

Parvozdan keyin sun’iy yo‘ldosh rejalashtirilgan orbital holatiga keltirilgan.

Shanxay kosmik parvozlar texnologiyasi akademiyasi (SAST) tomonidan ishlab chiqilgan sun’iy yo‘ldosh ilmiy va tabiiy ofatlarning oldini olish bo‘yicha tadqiqotlar uchun foydalaniladi.

Yunhay-1 sun’iy yo‘ldoshlarining birinchisi 2016 yilning noyabrida, ikkinchisi esa 2019 yilning sentyabrida uchirilgan.

Long March seriyasidagi raketalar uchun (“Chanchjen” / “Buyuk yurish”) bu uchirma ketma-ket 438-chi bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Yunhay-1 03 , #Xitoy

Aloqador xabarlar