Fransiyadagi yong'inda 1300 gektar yashil maydon kulga aylandi

Hududdan 540 kishi evakuatsiya qilingan, aholi yong'in sodir bo'lgan hududga yaqinlashmaslik haqida ogohlantirilgan.

1879295
Fransiyadagi yong'inda 1300 gektar yashil maydon kulga aylandi

 

Fransiyaning Gironde provinsiyasida sodir bo'lgan yong'inda 1300 gektar yashil maydon zarar ko'rdi.

Kecha, 12 sentyabr kuni Gironde provinsiyasidagi Saumos o‘rmoni yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi.

Bu haqda Nouvelle Aquitaine va Gironde gubernatorligi tomonidan qilingan bayonotda qayd etilgan.

Ma'lumotga ko'ra, yong'in kecha, 12 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da yuz bergan. Hozirgacha 1300 gektar yashil maydon kulga aylangan, 4 ta uy yaroqsiz holga kelgan.

Hududdan 540 kishi evakuatsiya qilingan, aholi yong'in sodir bo'lgan hududga yaqinlashmaslik haqida ogohlantirilgan.

Yong‘inga 340 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi, 3 ta o‘t o‘chirish samolyoti va 3 ta vertolyot yordam bermoqda.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya

Aloqador xabarlar