Pokistonda suv toshqinlaridan halok bo'lganlar soni 1355 nafarga yetdi

Pokiston tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi (NDMA) maʼlumotlariga koʻra, suv toshqinlari oqibatida 1355 kishi, jumladan, 481 nafar bola va 273 nafar ayol halok boʻlgan, 12.722 kishi jarohatlangan.

1877289
Pokistonda suv toshqinlaridan halok bo'lganlar soni 1355 nafarga yetdi
pakistan sel1.jpg
pakistan sel.jpg

 

Pokistonda 14 iyundan beri davom etayotgan musson yomg'irlari tufayli hayotdan ko'z yumganlar soni 1355 nafarga yetdi.

Pokiston tabiiy ofatlarni boshqarish milliy agentligi (NDMA) maʼlumotlariga koʻra, suv toshqinlari oqibatida 1355 kishi, jumladan, 481 nafar bola va 273 nafar ayol halok boʻlgan, 12.722 kishi jarohatlangan.

Shuningdek, 753 ming 187 ta chorva mollari nobud bo‘lgan, 1 million 712 ming 514 ta uy-joy vayron bo‘lgan, ularning 564 ming 831 tasi umuman yashab bo'lmaydigan ahvolda. Bundan tashqari, 6 ming 579 kilometr yo‘l, 246 ta ko‘prik, 173 ta ish joyi zarar ko'rgan.

Mamlakat bo'ylab suv toshqinlaridan 33,4 million aholi jabrlangan. Ulardan 634 ming 749 kishi chodirlarda jon saqlamoqda.


Tanlangan kalimalar: #suv toshqini , #Pokiston

Aloqador xabarlar