Putin: Türkiye bo‘lmaganida edi unda don muhtoj davlatlarga yetib bormas edi

Vladimir Putin Vladivostok shahrida uyushtirilgan Sharqiy Iqtisodiy forumda so‘zlagan nutqida, 22-iyul kuni Türkiye yetakchiligida BMT, Rossiya va Ukraina o‘rtasida Istanbulda tuzilgan don kelishuviga to‘xtaldi.

1876913
Putin: Türkiye bo‘lmaganida edi unda don muhtoj davlatlarga yetib bormas edi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin don yo‘lagi haqida:

“Türkiye o‘rtamchilik qilmaganida bu don muhtoj davlatlarga emas, Yevropa o‘lakalariga ketar edi”.-dedi.

Vladimir Putin Vladivostok shahrida uyushtirilgan Sharqiy Iqtisodiy forumda so‘zlagan nutqida, 22-iyul kuni Türkiye yetakchiligida BMT, Rossiya va Ukraina o‘rtasida Istanbulda tuzilgan don kelishuviga to‘xtaldi.

Putin, nomi tilga olingan kelishuv yordamida donning muhtojlar qo‘liga yetib borganini qayd etgan holda:

“Agar Türkiye o‘rtamchilik qilmaganida unda Ukrainadan eksport qilingan donning deyarli hammasi rivojlanayotgan va eng qashshoq mamlakatlarga emas, Yevropa ittifoqi tarkibidagi davlatlarga yuborilgan bo‘lar edi”.-deya gapirdi.

Putin shuningdek, Yevropa o‘z qadriyatlarini Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) diktaturasini himoya qilish uchun qurbon qilganini ifoda etdi.

“Bahor mavsumida bir necha chet el kompaniyasi, bundan eng ko‘p yurtimiz ziyon ko‘radi degan fikrda Rossiyadan chiqqanini e’lon qilish bilan ovora bo‘ldi”.-degan rus lider:

“Ammo hozir biz Yevropada ishlab chiqarish va bandlikning birin-ketin pasayganiga guvoh bo‘lyapmiz. Buning eng muhim sabablardan biri, albatta, Rossiya bilan tijoriy aloqalarning uzilishidir. Bu jarayonlarni tezlashtirgan, AQShning jahon iqtisodiyoti va siyosatidagi anglashilishi murakkab mustaqilligi bilan bir qatorda g‘arblik elitaning haqiqatlarni ko‘rish va uni tan olish masalasidagi qaysarligi va hatto yetarsizligidir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

 



Aloqador xabarlar