Albaniya Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi

Eron diplomatlari va yordamchi xodimlariga mamlakatni tark etish uchun 24 soat muxlat berildi.

1876999
Albaniya Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi

 

Albaniya Eron bilan diplomatik aloqalarini uzdi.

Albaniya Vazirlar mahkamasi bayonotida, shiddatli kiber hujumga javoban Eron bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qilingani e'lon qilindi.

Albaniya bosh vaziri Edi Rama Eronni 15 iyul kuni "davlat xizmatlariga putur yetkazish va hukumat tizimlaridan ma'lumotlar va elektron aloqalarni uzish" maqsadida Albaniya muassasalariga kiber hujum uyushtirganlikda aybladi.

"Barcha tizimlar to'liq ishlamoqda va ma'lumotlar qaytarib bo'lmaydigan darajada o'chirilgani yo'q",-deb aytgan Edi Rama.

Vazirlar mahkamasi bayonotiga ko'ra, Albaniya ommaviy kiber hujumga javoban Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzishga qaror qildi.

Shuningdek, Bosh vazir Edi Rama Eron diplomatlari va yordamchi xodimlariga mamlakatni tark etish uchun 24 soat muxlat berilganini e'lon qildi.


Tanlangan kalimalar: #Albaniya , #Eron

Aloqador xabarlar