Zelenskiy: Uch aholi punkti Rossiya kuchlaridan qaytarib olindi

Vladimir Zelenskiy o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali kun tartibini baholadi.

1875882
Zelenskiy: Uch aholi punkti Rossiya kuchlaridan qaytarib olindi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, 3 aholi punktining Rossiya kuchlaridan qaytarib olinganini ma’lum qildi.

Vladimir Zelenskiy o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali kun tartibini baholadi.

Zelenskiy unda, 2014-yili Rossiya tomonidan anneksiya qilib olingan Qrim masalasiga to‘xtalar ekan bu haqida:

“Qrimga Ukraina bayrogʻi va erkin hayot qaytishiga ishonchim komil. Biz butun tuprog‘imiz va xalqimizni ozod qilamiz. Ukraina armiyasi, razvedka xizmati, maxsus xizmatlarimiz buning uchun zarur choralarni koʻrmoqda. Bu qadamlar haqida eshitishingiz mumkin. Bosqinchilar hozirdan Qrimdan qocha boshladilar. Bu ular uchun to‘g‘ri tanlov”.-dedi.

Zelenskiy o‘z bayonotida shuningdek, ikkitasi Ukraina janubida bittasi esa sharqda jami 3 ta aholi punktining Rossiya kuchlaridan qaytarib olinganini ma’lum qilgan holda, Ukraina xavfsizlik kuchlariga minnatdorchilik bildirdi.

Ukraina Prezidenti qaytarib olingan aholi punktlarining qayer ekani haqida esa hech qanday ma’lumot bermadi.

Boshqa tomondan, mahalliy matbuotda o‘rin olgan ma’lumotlarga ko‘ra Xersondagi Visokopilya qishlog‘i bilan Donetskka qarashli Ozerne qishlog‘i Ukraina kuchlari tomonidan qaytarib olingan.

Ukraina armiyasi 29-avgust kuni mamlakat janubidagi Xerson viloyatida rus kuchlariga qarshi hujum boshlaganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya kuchlari 24-fevral kuni Ukrainaga harbiy hujum boshlatdi.

 



Aloqador xabarlar