Qobulda Rossiya elchixonasi oldida portlash sodir bo‘ldi

Guvohlarning aytishicha, hujum Rossiya elchixonasi oldida vizaga murojaat qilish uchun navbat kutayotgan olomon orasida amalga oshirilgan. Portlashda rossiyalik diplomat va elchixona qo‘riqchisi jarohatlangan.

1875866
Qobulda Rossiya elchixonasi oldida portlash sodir bo‘ldi

 

Afg‘oniston poytaxti Qobulda Rossiya elchixonasi darvozasi oldida portlash sodir bo‘ldi.

Rasmiylar poytaxt Kobulning "Dorul Omon" ko'chasida Rossiya elchixonasi yaqinida uyushtirilgan bombali hujumda qurbonlar borligini ma'lum qildi.

“Tolibon soqchilari Rossiya elchixonasiga yaqinlashayotgan xudkush-terrorchiga qarata o‘t ochgan. Xudkush-terrorchi Rossiyaning Qobuldagi elchixonasi darvozasida portlash sodir etgan”, deyiladi xabarda.

Guvohlarning aytishicha, hujum Rossiya elchixonasi oldida vizaga murojaat qilish uchun navbat kutayotgan olomon orasida amalga oshirilgan.

Portlashda rossiyalik diplomat va elchixona qo‘riqchisi jarohatlangan. Voqea joyiga tez yordam xodimlari yetib kelgan.

Elchixona atrofidagi barcha ko‘chalarda transport qatnovi to'xtatildi.

Hozircha hech kim hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Rossiya , #Afg'oniston

Aloqador xabarlar