Iroqda Sadr Harakati rahbari Muqtada as-Sadr siyosatdan voz kechdi

"Siyosiy ishni tashlab, siyosatdan butunlay qaytganimni e'lon qilaman. Otamning qabri, tarixiy obidalar muassasasi va Sadrlar oilasi muzeyidan boshqa barcha muassasalarni yopishga qaror qildim".  Deya qayd etdi.

1873475
Iroqda Sadr Harakati rahbari Muqtada as-Sadr siyosatdan voz kechdi

 

Iroqda Sadr Harakati rahbari Muqtada as-Sadr siyosatdan butunlay voz kechganini e'lon qildi.

Bu haqda shia diniy va siyosiy yetakchisi Muqtada es-Sadr ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonot berdi.

"Siyosiy ishni tashlab, siyosatdan butunlay qaytganimni e'lon qilaman. Otamning qabri, tarixiy obidalar muassasasi va Sadrlar oilasi muzeyidan boshqa barcha muassasalarni yopishga qaror qildim".  Deya qayd etdi.

Sadr o'z bayonotida, shuningdek, Eronda yashovchi Iroq shia diniy ma'murlaridan biri Oyatulloh Kazim al-Hayriyni ham tanqid qildi. U  "hokimiyat burchini kecha tugatganini" e'lon qildi va Hayri o'z xohishiga ko'ra hokimiyatdan chekinish qarorini olmaganini ilgari surdi.

Iroqda siyosiy, iqtisodiy va harbiy institutlar, xususan, Sadrga tegishli Siyosiy byuro mavjud.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Voz kechdi , #Sİyosatdan , #Muqtada as-Sadr , #Iroq

Aloqador xabarlar