Joriy yilda COVID-19dan vafot etganlar soni bir millionga yetdi

Virus oʻz taʼsirini koʻrsata boshlagan 2019-yil oxiridan buyon dunyoda virus tufayli 6 million 450 mingdan ortiq oʻlim qayd etilgan.

1872592
Joriy yilda COVID-19dan vafot etganlar soni bir millionga yetdi

 

2022 yil boshidan buyon dunyo bo‘yicha COVID-19dan vafot etganlar soni bir millionga yetdi.

Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyyesus Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning taʼkidlashicha, virus oʻz taʼsirini koʻrsata boshlagan 2019-yil oxiridan buyon dunyoda virus tufayli 6 million 450 mingdan ortiq oʻlim qayd etilgan. Bunga qaramay, dunyo aholisining uchdan bir qismi haligacha koronavirusga qarshi emlanmagan.

Gebreyyesusning ma’lum qilishicha, oxirgi 4 haftada o‘limlar soni 35 foizga oshgan, bir hafta davomida 15 ming kishi koronavirusdan vafot etgan.

“Dunyo aholisining uchdan bir qismi emlanmagan, jumladan, sog‘liqni saqlash xodimlarining uchdan ikki qismi va kam daromadli mamlakatlardagi keksa aholining to‘rtdan uch qismi,— dedi JSST rahbari.

Gebreyesusning ta'kidlashicha, odamlarning halok bo'lishiga yo'l qo'ymaslik uchun vositalar mavjud bo'lsa-da, o'limlarning bunchalik ko’p ekanini qabul qilish mumkin emas.

"Biz barcha hukumatlarni aholining 70 foizini emlash uchun tibbiyot xodimlarini, qariyalarni va yuqori xavf ostida bo'lganlarni emlashga chaqiramiz" dedi u.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari 136 davlat o'z aholisining 70 foizini emlash maqsadini iyun oxirigacha bajara olmaganiga e'tibor qaratdi va bu davlatlarning 66 tasi hali o'z aholisining 40 foizini ham emlay olmaganini ta'kidladi.

 


Tanlangan kalimalar: #COVID-19 , #JSST

Aloqador xabarlar