Pokistonda suv toshqinlari oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Rasmiylar yomg'irdan 900 ming kishi jabr ko'rganini, 26 ming 600 uy vayron bo'lganini ma'lum qildi.

1871569
Pokistonda suv toshqinlari oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

 

Pokistonning Sind viloyatida kuchli yomg‘irlar oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi.

Milliy matbuotda chiqqan xabarlarga ko'ra, Sind shtatining Sukkur, Shikarpur va boshqa ba'zi mintaqalarida  ta’sirli bo'lgan musson yomg'irlari hayotga salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Butun shtat bo'ylab kuchli yomg'ir tufayli qulagan uylar ostida  qolgan 15 kishi halok bo'ldi.

Rasmiylar yomg'irdan 900 ming kishi jabr ko'rganini, 26 ming 600 uy vayron bo'lganini ma'lum qildi.

O'rnatilgan yordam chodirlarida 37 ming 500 kishining boshpana topganiga diqqat qaratgan rasmiylar, 800 qoramolning nobud bo'lganini ham qayd etdi.

Tashqi ishlar vaziri Bilaval Bxutto Zardoriy BMTga yordam so‘rab murojaat qildi.


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Suv Toshqin , #Yomg'ir , #Pokiston

Aloqador xabarlar