Sudanda suv toshqinlari sababli favqulodda holat e'lon qilindi

Kengash toshqinlar sodir bo‘lgan Nil daryosi, Jazira, Oq Nil, G‘arbiy Kurdufan, Janubiy Darfur va Kesele shtatlarida favqulodda holat e’lon qildi.

1870676
Sudanda suv toshqinlari sababli favqulodda holat e'lon qilindi

 

Sudanda 79 kishi hayotdan ko'z yumgan suv toshqinlari sababli favqulodda holat e'lon qilindi.

Sudan rasmiy xabar agentligi (SUNA) xabariga ko'ra, Vazirlar Kengashi o'lkada kuchli yog'ingarchilik tufayli yuzaga kelgan sel falokatlarida qayd etilgan hayot va mol-mulk talofatlari va jabrlanganlarga zarur yordam ko'rsatilishini muhokama qilish uchun yig'ildi.

Kengash toshqinlar sodir bo‘lgan Nil daryosi, Jazira, Oq Nil, G‘arbiy Kurdufan, Janubiy Darfur va Kesele shtatlarida favqulodda holat e’lon qildi.

Mamlakatning markaziy qismlarida joylashgan Jezire  viloyati  Menagil suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar va moliyaviy yo‘qotishlar tufayli “falokat zonasi” deb e’lon qilindi.

Jazira shtat gubernatori Ismoil Avadallah al-Akip, Menagil hududidagi suv toshqinlarida 3000 dan ortiq uy vayron bo'lganini ma'lum qildi.

Iyun oyidan beri mamlakatda suv toshqinlari qurbonlari soni 79 kishiga yetdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalar bo'yicha boshqarmasi mamlakatdagi kuchli yomg'irdan 136 ming kishining jabrlanganini ma'lum qildi.

Sudanda iyul-oktyabr oylarida ta’sirli  bo'lgan sel va toshqinlar natijasida har yili 100 dan ortiq kishi hayotdan ko'z yummoqda, o'n minglab uylar, ish joylari va qishloq xo'jaligi yerlari zarar ko'rmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #79 kishi , #suv toshqinlari , #Sudan

Aloqador xabarlar