Buyuk Britaniyada port ishchilari ish tashlash e'lon qildi

Filikstou konteyner porti ishchilari 30 yil ichida birinchi marta ish tashlashdi. Ular eng yuqori inflatsiya fonida ish haqini oshirishni talab qilmoqda.

1870813
Buyuk Britaniyada port ishchilari ish tashlash e'lon qildi

 

Buyuk Britaniyada 21 avgust, yakshanba kuni temiryo‘lchilardan so‘ng mamlakatning eng yirik konteyner porti - Filikstouning 2000 ga yaqin ishchisi ish tashlash e'lon qildi.

Ular sakkiz kun davomida ishni to‘xtatdi. Portda ishlaydigan taxminan 1900 kasaba uyushma a'zolarining 8 kunlik ish tashlashida birinchi kun ortda qoldi.

Ishchilar 7 foizlik o'sishni rad etishdi, ular inflyatsiya darajasidan past ekanligini aytishdi.

Unite kasaba uyushmasi kompaniya aksiyadorlari 2020 yilda 100 mln funt sterlingga yaqin (118 mln yevro) katta foyda olgani tufayli yashash narxining oshishi bilan ish haqini mos ravishda oshirishni talab qildi. 

Filikstou porti rasmiylari Unite’ning ish tashlashni to‘xtatish haqidagi taklifni qabul qilishdan bosh tortganidan "hafsalasi pir bo‘lganini" bildirdi. Port operatorining ta’kidlashicha, u ish haqini o‘rtacha 8 foizga va eng kam maosh oladigan xodimlar uchun deyarli 10 foizga oshirishni taklif qilgan. 

Hozirgi ish tashlashlar Buyuk Britaniyada 18 avgustda boshlangan. Uch kun davomida ish tashlashlar, xususan, ayrim hududlarda temiryo‘l harakatini falaj qildi. Filikstoudagi ish tashlash, yillik 10 foizlik inflatsiyaning eng yuqori darajasi sharoitida ish haqini katta miqdorda oshirishni ta’minlash maqsadida bir qator iqtisodiyot tarmoqlari kasaba uyushmalari tomonidan uyushtirilgan ish tashlashlarning eng so‘nggisidir. 

Felikstouda 2550 ga yaqin odam ishlaydi va Buyuk Britaniyadagi konteyner savdosining 48 foizi shu yerda amalga oshiriladi.

Ish tashlagan ishchilar orasida kran va mexanizm operatorlari va stackerlar bor.


Tanlangan kalimalar: #ish tashlash , #Buyuk Britaniya

Aloqador xabarlar