Gazprom 3 kunga tabiiy gaz oqimini to'xtatadi

Rossiyaning Gazprom energetika shirkati 31 avgustdan boshlab Shimoliy oqim quvuri orqali tabiiy gaz oqimi yagona kompressor blokiga texnik xizmat ko'rsatish tufayli 3 kunga to'xtatilishini e'lon qildi.

1870244

Gazprom tomonidan berilgan bayonotda, Portovaya kompressor stansiyasidagi yagona gaz kompressor blokida rejali texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlari olib borilayotgani aytilgan.

Bayonotda ta'mirlash ishlari joriy ta'mirlash shartnomasi doirasida Siemens mutaxassislari bilan birgalikda olib borilishi ta'kidlangan.

“Shimoliy oqim” quvuri orqali tabiiy gazni tashish 31 avgustdan 2 sentabrgacha texnik xizmat ko‘rsatish uchun 3 kunga to‘xtatiladi deya bildirildi.

Qayd etilishicha, agar ishlar yakuniga yetkazilsa va agregatda texnik nosozliklar kuzatilmasa, gaz jo‘natmalari kuniga 33 million kub metrga yetkaziladi.

Aloqador xabarlar