Suriyaning Mare tumanida sodir etilgan hujumda tinch aholi vakili halok bo’ldi

Suriyaning Tel Rifat tumanida ishg’olini davom ettirayotgan bo’lginchi terror tashkiloti YPG/PKK tomonidan harbiy muxoliflar nazorati ostidagi Mare tumaniga uyushtirilgan raketa hujumida bir tinch fuqaro halok bo’ldi.

1869694

YPG/PKK terroristlari Turkiya va Rossiya oʻrtasida 2019-yil 22-oktabr kuni erishilgan kelishuvga koʻra Tel Rifat tumanini evakuatsiya qilishi kerak boʻlgan bir paytda, mintaqadagi mavjudliklarini saqlab, atrofdagi aholi punktlariga hujum qilishda davom etmoqda.

Terroristlar qariyb 6,5 yildan beri ishg'ol ostida tutgan  Tel Rifatdan qo'shni Mare tumani markaziga 3 ta raketa uchirdi.

 Terror hujumi oqibatida bir fuqaro halok bo‘ldi.

YPG/PKK terroristlari 2016-yilning fevral oyida Tel-Rifat va uning atrofidagi ayrim aholi punktlarini Rossiyaning havo yordami bilan qo‘lga kiritgan edi.

Bo'lginchi terror tashkiloti Tel Rifat va atrofida 250 mingga yaqin tinch aholini ko'chirdi va bu aholi Turkiya chegarasiga yaqin hududlardan boshpana topdi.

Tanlangan kalimalar: #Qurbon , #Hujum , #Mare , #Suriya

Aloqador xabarlar