Erondagi suv toshqinlar natijasida 96 kishi halok bo'ldi

Eronda iyul oyi oxirida boshlangan kuchli yomg'irlar sabab bo'lgan va avgust oyigacha mamlakatning katta qismini, ayniqsa Tehron viloyatini ta'sir  ostiga olgan  suv toshqinlari oqibatida 96 kishi hayotdan ko'z yumdi.

1869075

Eron Talabalar Axborot Agentligi (ISNA) xabariga ko'ra, Eron Sud Tibbiyot Instituti rahbari Abbos Masjid Arani mamlakat bo'ylab sodir bo'lgan sel falokatida 96 kishi hayotdan ko'z yumganini ma'lum qildi.

Arani, gumanitar inqirozga aylangan falokatda eng katta yo'qotish 42 kishining o'limi bilan Tehronda qayd etilganini bildirdi.

Eronning Fors viloyatida 22 iyul kuni boshlangan kuchli yomg‘irlar keyinchalik mamlakatning katta qismiga ta’sir qildi. Kuchli yomg'ir avgust oyining birinchi kunlarigacha davom etdi.

Tanlangan kalimalar: #halok , #96 kishi , #Suv toshqin , #Eron

Aloqador xabarlar