Rossiya: Ukrainaning ko‘plab askar, texnika va qurollari yo‘q qilindi

Urush boshlanganidan beri Ukraina armiyasiga tegishli 4334 ta tank va zirhli texnika yo‘q qilingan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi Matbuot kotibi general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.

1869134
Rossiya: Ukrainaning ko‘plab askar, texnika va qurollari yo‘q qilindi

 

Rossiya Federatsiyasi qurolli kuchlari Xerson viloyatida Ukraina Qurolli Kuchlarining ko‘p sonli zahiradagi askarlari va harbiy texnikasini yo‘q qilgani aytilmoqda. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi Matbuot kotibi general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, urush boshlanganidan beri Ukraina armiyasiga tegishli 4334 ta tank va zirhli texnika yo‘q qilingan.

“Xerson viloyatidagi Kalinindorf temir yo‘l vokzaliga yuk tushirish uchun kelgan Ukraina Qurolli Kuchlari rezervidagi ko‘p sonli harbiy xizmatchilar, qurol-yarog‘ va harbiy texnika yo‘q qilindi”, degan Konashenkov.

Rossiya armiyasi Ukrainadagi harbiy pozitsiyalarga hujum qilishda davom etganligini ifoda etgan Konashenkov Ukraina armiyasi jiddiy yo'qotishlarga uchraganini iddao qildi.

Xerson viloyatida 40 nafar Ukraina askari va 10 ta maxsus vositaning yo'q qilinganini ifoda etgan Konashenkov, Donetsk viloyatida o'q-dori omboriga yuqori aniqlikdagi qurol bilan uyushtirilgan hujumda 3 mingdan ortiq artilleriya yo'q qilinganini va 30 askarning halok bo'lganini aytdi.

So'nggi 24 soat ichida 9 ta shtab, 9 ta o'q-dori ombori va 4 ta uchuvchisiz uchish apparati urib tushirilganiga e'tibor qaratildi.

“Hozirgi kunga qadar 267 ta samolyot, 148 ta vertolyot, 1747 ta uchuvchisiz uchish apparati, 365 ta havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi, 4 334 ta tank va zirhli texnika, 799 ta koʻp barrelli raketa, 3310 ta gaubitsa va minomyotlar, 4922 ta Ukraina maxsus texnikasi yoʻq qilindi",-deb aytgan Rossiya Mudofaa vazirligi Matbuot kotibi.


Tanlangan kalimalar: #Ukraina , #Rossiya

Aloqador xabarlar