Finlandiya Rossiya fuqarolariga viza berishni cheklamoqda

Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto Finlandiya sentyabr oyidan boshlab rus sayyohlarning vizaga murojaatlarining atigi 10 foizini qabul qilishini ma'lum qildi.

1869057
Finlandiya Rossiya fuqarolariga viza berishni cheklamoqda

 

Finlandiya Rossiya fuqarolariga beriladigan vizalar sonini 90 foizga qisqartiradi.

Politico gazetasining xabariga ko'ra, Tashqi ishlar vaziri Pekka Haavisto Finlandiya sentyabr oyidan boshlab rus sayyohlardan vizaga murojaatlarning atigi 10 foizini qabul qilishini ma'lum qildi.

Ushbu qaror bilan Rossiya fuqarolari tomonidan Finlandiyaga kuniga qilingan mingga yaqin murojaatdan 100 tasiga viza berilishi kutilmoqda.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, yangi choralar Finlandiya qonunchiligiga o‘zgartirishlar kiritishni talab qilmaydi. Sayyohlik vizalarini berish vaqti, masalan, kuniga ma’lum kunlar yoki soatlar bilan cheklanadi, bu ularning sonini sezilarli darajada kamaytiradi.

Finlyandiya TIV konsullik bo‘limi boshlig‘i Yussi Tannerning tushuntirishicha, hozirda har kuni rossiyaliklardan barcha turdagi vizalar uchun 1000 ga yaqin arizalar kelib tushmoqda. Sentyabrdan boshlab bu raqam 500 taga kamayadi, ulardan atigi 100 tasi turistik vizalar uchun bo‘ladi.

Qolaversa, ularning oila a’zolari hamda Finlandiyaga ishlash va o‘qish uchun kelganlarga ustunlik beriladi.

Finlandiya Rossiya bilan viza rejimini soddalashtirish bo‘yicha kelishuvning to‘xtatilishini qo‘llab-quvvatlaydi, dedi Tashqi ishlar vaziri.

Shu bilan birga, TIV rossiyaliklar uchun maxsus gumanitar vizalar joriy etish imkoniyatini o‘rganmoqda, bu jurnalistlar va fuqarolik faollarining Finlandiyaga ko‘chib o‘tishini osonlashtirishi mumkin.

Avvalroq, Chexiya, Litva, Latviya, Estoniya va Polsha Rossiyaga bosimni kuchaytirish maqsadida Rossiya fuqarolariga viza berishni to‘xtatgandi, Germaniya esa buni rad etmoqda.

Germaniya kansleri Olaf Scholz Rossiyaga sayohat taqiqlanishi mo'ljallangan sanksiyalarga putur yetkazishini aytdi.

"Bu rus xalqining urushi emas, bu Putinning urushi" dedi u.

 


Tanlangan kalimalar: #viza , #Rossiya , #Finlandiya

Aloqador xabarlar