Ispaniyadagi o'rmon yong'inlarida 20 kishi jarohatlandi

Kastellonning Kaudiel tumanida shamol ta'sirida olovning temir yo'l atrofini qamrab olgani va natijada hududdan o'tuvchi poyezdda 20 nafar yo'lovchi jarohatlangani bildirildi.

1869047
Ispaniyadagi o'rmon yong'inlarida 20 kishi jarohatlandi

 

Ispaniyaning Valensiya avtonom viloyatida davom etayotgan o'rmon yong'inlari hududidan o'tayotgan poyezdda 20 yo’lovchi tan jarohati oldi.

Valensiya avtonom ma'muriyatining matbuotga bergan bayonotida, Kastellonning Kaudiel tumanida shamol ta'sirida olovning temir yo'l atrofini qamrab olgani va natijada hududdan o'tuvchi poyezdda 20 nafar yo'lovchi jarohatlangani bildirildi.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in temir yo‘lga qarab ketayotganini ko‘rgan mexanik poyezdni to‘xtatib, orqaga manevr qilgan va bir guruh yo‘lovchilar eshikni ochib, sakrashga harakat qilganda vagonga alanga va tutun kirib kelgan.

Yo'lovchilarning aksariyati tutundan zaharlangan, 3 nafarining tanasida jiddiy kuyish holati aniqlangan.

Poyezd yong‘in sodir bo‘lgan hududdan burilib, Kaudiel stansiyasiga qaytgani ma’lum qilindi.

Bu orada hafta oxiridan beri davom etgan va 10 ming gektardan ortiq maydonni yoqib yuborgan Ebo vodiysidagi o'rmon yong'inlari sababli mintaqadagi 2 ming kishining evakuatsiya qilingani ma'lum qilindi.

Valensiya mintaqasida so'nggi 10 yil ichida sodir bo'lgan eng katta yong'inni o'chirish uchun 26 ta samolyot va vertolyotlar safarbar etilgan.


Tanlangan kalimalar: #Ispaniya

Aloqador xabarlar