Shimoliy Koreya Sariq dengiz tomon ikkita raketa uchirdi

Bu uchirish Janubiy Koreya hamda AQSH o‘rtasidagi qo‘shma mashg‘ulotlar boshlanishiga o‘ziga xos javob bo‘lgan.

1869014
Shimoliy Koreya Sariq dengiz tomon ikkita raketa uchirdi

 

Bugun, 17 avgust kuni Shimoliy Koreya harbiylari Sariq dengiz tomon ikkita raketa uchirdi.

Bu haqda Janubiy Koreya mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Shimoliy Koreya Janubiy Pxenyandagi Onchon shahridan G‘arbiy dengizga ikkita qanotli raketa uchirgan.

Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi rasmiysi Fransiyaning AFP axborot agentligiga bergan intervyusida, "AQSh va Janubiy Koreya harbiylari parvoz masofasini aniqlash bo’yicha ish olib bormoqda”, dedi.

Qayd etilishicha, bu uchirish Janubiy Koreya hamda AQSH o‘rtasidagi qo‘shma mashg‘ulotlar boshlanishiga o‘ziga xos javob bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Shimoliy Koreya , #Janubiy Koreya

Aloqador xabarlar