Qrimdagi portlash qo‘poruvchilik tufayli sodir bo‘lgani aniqlandi

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolining Jankoy tumanidagi harbiy omborda o‘q-dorilarning portlashi qo‘poruvchilik tufayli sodir bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

1868632
Qrimdagi portlash qo‘poruvchilik tufayli sodir bo‘lgani aniqlandi

 

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolining Jankoy tumanidagi harbiy omborda o‘q-dorilarning portlashi qo‘poruvchilik tufayli sodir bo‘lgan.

Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar bermoqda. 

“Bugun, 16 avgust kuni ertalab qo‘poruvchilik oqibatida Jankoy qishlog‘i yaqinidagi harbiy omborga zarar yetdi”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, vazirlik hodisada ikki kishi jarohatlanganligini ma'lum qilgan. Biroq, fuqarolik ob’ektlariga: elektr uzatish liniyalariga, elektr stansiyalariga, temir yo‘llarga va turar-joy binolariga zarar yetgan. Qo‘poruvchilik oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. 

Eslatma: Bugun, 16 avgust kuni Moskva vaqti bilan taxminan 06:15 da Mayskoye (Jankoy tumani) aholi punkti hududida o‘q-dorilarni vaqtincha saqlash uchun ajratilgan uchastka hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida saqlanayotgan o‘q-dorilar portlab ketdi. 

Qrim rahbari Sergey Aksyonovning aytishicha, ikki nafar tinch aholi yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi yaralangan. Hodisa sodir bo‘lgan hudud o‘rab olingan, u yerdan ikki mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan.

O‘q-dorilarning portlash paytida temir yo‘l relslari shikastlangan, bu esa yettita yo‘lovchi poyezdini kechiktirgan. Rels allaqachon tiklangan, ammo barcha xavfsizlik choralari ko‘rilgandan keyingina harakat tiklanadi.


Tanlangan kalimalar: #Qrim , #Rossiya

Aloqador xabarlar