Misrdagi yong'inda halok bo'lganlarning oilalariga tovon to’lanadi

Misrning poytaxti Qohiraning g'arbidagi Imbaba hududidagi cherkovda sodir bo'lgan yong'inda hayotdan ko'z yumganlarning oilalari va jarohatlanganlarga tovon puli to'lanishini ma'lum qildi.

1867797

Misr Ijtimoiy birdamlik vazirligi, Abu Sayfeyn cherkovida 41 kishi halok bo'lgan, 14 kishi tan jarohati olgan yong'in bilan bog'liq yozma bayonot berdi.

Bayonotga ko‘ra, cherkovdagi yong‘inda halok bo‘lganlarning oilalari va jarohatlanganlarga tovon puli va bir yillik oylik maosh to‘lanadi.

Yong‘inda halok bo‘lganlarning oilalariga 25 mingdan 50 ming junehagacha (taxminan 1307-2614 dollar), jarohatlanganlarga esa 5 ming Juneyh (taxminan 261 dollar) miqdorida tovon puli to‘lanadi.

Bundan tashqari, oilalar va jabrlanganlarni boqish uchun bir yil davomida oylik maosh to‘lanadi.

Qohiraning g'arbidagi Imbaba hududida joylashgan Abu Seyfeyn cherkovida kechagi  ibodat  vaqtida yong'in chiqdi.

Misr Kopt cherkovi yong‘inda 41 kishi halok bo‘lgani va 14 kishi jarohatlanganini ma’lum qilindi.

Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, yong‘in cherkovning ikkinchi qavatidagi konditsionerning elektr tokining yonib ketishi natijasida sodir bo‘lganini ma’lum qilindi.

Tanlangan kalimalar: #Yong'in , #Abu Sayfeyn cherkovi , #Misr

Aloqador xabarlar