Yerevandagi savdo markazida kuchli portlash ro'y berdi

Armenpress nashri Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga asoslangan xabariga ko‘ra, portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 kishiga yetgan.

1867841
Yerevandagi savdo markazida kuchli portlash ro'y berdi

 

Kecha, 14 avgust kuni Armaniston poytaxti Yerevandagi "Surmalu" savdo markazida kuchli portlash ro'y berdi.

Portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 6 kishiga yetdi.

Armenpress nashri xabar berishicha, Armaniston Favqulodda vaziyatlar vazirligi portlashda 6 kishi halok bo'lganini, 60 dan ortiq kishi jarohatlanganini, 18 kishi bedarak yo'qolganini tasdiqladi.

Vazirlik halok bo'lgan 6 kishidan 1 nafarining shaxsi aniqlanmaganini ma'lum qildi. Voqea joyida o‘t o‘chirish va qidiruv-qutqaruv guruhlari ish olib bormoqda.

"Surmalu" savdo markazidagi pirotexnika do‘konida yuz bergan portlashdan so‘ng yong‘in kelib chiqqan.

Hodisaning rasmiy sabablari hozircha aytilmagan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yerevan , #Armaniston

Aloqador xabarlar