Nigeriyadagi suv toshqinlarida kamida 50 kishi halok bo'ldi

Mutaxassislar mamlakatda 53 million kishi suv toshqini xavfi ostida ekanligini aytmoqda.

1867773
Nigeriyadagi suv toshqinlarida kamida 50 kishi halok bo'ldi

 

Nigeriyaning Jigava shtatida yuz bergan sel va suv toshqinlarida kamida 50 kishi halok bo'ldi.

Favqulodda vaziyatlar agentligi kotibi Alhaji Yusuf Sani Babura ma'lum qilishicha, shtatning 27 hududida davom etayotgan kuchli yomg'ir suv toshqiniga sabab bo'lgan.

Uning ta'kidlashicha, suv toshqini oqibatida kamida 50 kishi halok bo'lgan, ko'plab odamlar jarohatlangan. Yuzlab uy zarar ko'rgan. Seldan jabrlangan aholi vaqtinchalik tashkil etilgan lagerlarga joylashtirilgan. Ularga hukumat tomonidan dori-darmon, oziq-ovqat kabi insonparvarlik yordamlari tarqatilmoqda.

Mutaxassislar mamlakatda 53 million kishi suv toshqini xavfi ostida ekanligini aytmoqda.

O‘tgan oy Yobe shtatida yuz bergan suv toshqinlarida 4 kishi halok bo‘lgandi, 12 aholi punkti suv ostida qolgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #sel , #Nigeriya

Aloqador xabarlar