Yevropada maymun chechagi virusiga chalinganlar soni 17 mingdan oshdi

Maymun chechagi virusi bilan kasallanganlar soni Ispaniyada 5 ming 162, Germaniyada 2 ming 982, Britaniyada 2 ming 973, Fransiyada 2 ming 423 tani tashkil etgani qayd etildi.

1867112
Yevropada maymun chechagi virusiga chalinganlar soni 17 mingdan oshdi

 

Yevropa davlatlarida maymun chechagi virusiga chalinganlar soni 17 ming 509 nafarni tashkil etgani ma’lum qilindi.

Epidemiyani oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qilishicha, 9 avgust holatiga ko‘ra Yevropaning 35 davlatida 17 ming 509 kishi maymun chechagi virusiga chalingan. Bemorlarning 99 foizini erkaklar tashkil qiladi.

Kasallikning 40 foizi 31 yoshdan 40 yoshgacha, 24 foizi 41 yoshdan 50 yoshgacha, 23 foizi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo’lganlarni tashkil qiladi.

Shuningdek, Ispaniya, Germaniya, Britaniya va Fransiyada 13 mingdan ortiq holat qayd etilgan.

Maymun chechagi virusi bilan kasallanganlar soni Ispaniyada 5 ming 162, Germaniyada 2 ming 982, Britaniyada 2 ming 973, Fransiyada 2 ming 423 tani tashkil etgani qayd etildi.

Ko'pgina hollarda toshma, shuningdek, isitma, charchoq, mushak bo’g’inlarida toliqish va bosh og'rig'i, sovuqlik hissi kabi alomatlar kuzatilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #maymun chechagi virusi

Aloqador xabarlar