Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Qrimdan boshlanganini aytdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Qrim bilan boshlanganini va Qrimning ozod etilishi bilan yakunlanishi kerakligini aytdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya-Ukraina urushi Qrim bilan boshlanganini va Qrimning ozod etilishi bilan yakunlanishi kerakligini aytdi.
Rossiya tomonidan qo’shib olingan Qrimdagi Rossiyaning Novofedorivka harbiy aviabazasidagi portlashlardan so‘ng Ukraina prezidenti Zelenskiy bayonot berdi.
Zelenskiy mamlakatidagi urush Qrim bilan boshlanganini aytdi.
, "Qrim Ukrainaniki. Biz Qrimdan hech qachon voz kechmaymiz. Rossiya-Ukraina urushi Qrim bilan boshlandi, Qrimning ozod etilishi bilan tugashi kerak", - dedi u.
Donbass hududida Rossiya va Ukraina o'rtasidagi to'qnashuvlar kuchayishda davom etar ekan, Rossiya tomonidan qo’shib olingan Qrimdagi Rossiyaning Novofedorivka harbiy havo bazasida ketma-ket 7 marta portlash ovozlari eshitilar ekan, portlash oqibatida bir kishi halok bo'lgani bildirildi.
Rossiya qo‘shinlari 24 fevral kuni Ukrainaga hujum uyushtirdi.