Yaponiyadagi jazirama issiqlik tufayli 5 kishi halok bo'ldi

Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligining Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi 7 avgustga qadar davom etgan bir haftalik  kuchli jazirama tufayli 5 kishi hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qildi.

1865894
Yaponiyadagi jazirama issiqlik tufayli 5 kishi halok bo'ldi

 

Yaponiyadagi  haddan tashqari issiqlik tufayli 1 haftada 5 kishi halok bo'ldi.

Yaponiya Ichki ishlar va kommunikatsiya vazirligining Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi 7 avgustga qadar davom etgan bir haftalik  kuchli jazirama tufayli 5 kishi hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qildi.

Bu jarayonda 3 ming 982 nafari 65 yoshdan oshgan 7 ming 218 kishi issiqlik urishi bilan bog'liq  kasalliklar  tufayli shifoxonaga yotqizildi.

Meteorologiya agentligi (JMA) haddan tashqari issiqlik keyingi haftagacha hqam davom etishini e'lon qilar ekan, poytaxt Tokio yaqinidagi Saitama provinsiyasida termometrlar 38 darajani ko'rsatdi deya qayd etdi.

Tokio va uning atrofidagi boshqa hududlarda ham 34 daraja va undan yuqori harorat kuzatildi deya bildirildi

Mutaxassislar issiqlik urishi haqidagi ogohlantirishlarni takrorlab, zarurat bo‘lmagan taqdirda , ko‘chaga chiqmaslik, konditsionerdan foydalanish va ko‘p miqdorda suv iste’mol qilishni  tavsiya  qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar