Yevropa Ittifoqi Rossiyadan ko‘mir importini taqiqladi

Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan aprel oyida qabul qilingan Rossiyadan ko'mir importini taqiqlashni o'z ichiga olgan sanksiyalar paketi rasman kuchga kirdi.

1866167
Yevropa Ittifoqi Rossiyadan ko‘mir importini taqiqladi

 

Yevropa Ittifoqining Rossiyadan ko‘mir importini taqiqlash to’g’risidagi qarori bugundan kuchga kirdi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari tomonidan aprel oyida qabul qilingan Rossiyadan ko'mir importini taqiqlashni o'z ichiga olgan sanksiyalar paketi rasman kuchga kirdi.

Shunday qilib, yiliga 8 milliard yevroga teng bo'lgan Rossiyada ishlab chiqarilgan yoki undan eksport qilinadigan ko'mir va boshqa qattiq yoqilg'ilarni sotib olish, import qilish yoki Yevropa Ittifoqiga o'tkazish taqiqlandi.

Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi energiya bo’yicha sanksiyalaridan birinchisi ko'mir sotib olishni taqiqlash edi.

Endilikda Rossiyadan neft importini taqiqlash dekabr oyidan kuchga kirishi kutilmoqda.

Rossiya odatda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eng koʻp koʻmir yetkazib beruvchi davlat bo’lib hisoblanadi.

Rossiya shu kungacha Yevropaga ko'mir eksportining qariyb 25 foizini amalga oshirardi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari esa bugungacha ko'mir importining 45 foizini va elektr energiyasi ishlab chiqarishda ishlatiladigan termik ko'mirning 70 foizini Rossiyadan ta'minlab kelgan.

Rossiya Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Rossiya 2021 yilda Yevropa Ittifoqiga 48,7 million tonna ko'mir sotgan.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar