BMT, Faqat tinchlik Isroil-Falastin zo'ravonligini to'xtata oladi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Yaqin Sharq tinchlik jarayoni bo'yicha maxsus koordinatori Tor Venneslandning aytishicha, Isroil va Falastin o'rtasidagi o't ochishni to'xtatish "mo'rt" va "zo'ravonlik davrlari" mustaqil Falastin davlati va Isroi

1865612
BMT, Faqat tinchlik Isroil-Falastin zo'ravonligini to'xtata oladi

 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Yaqin Sharq tinchlik jarayoni bo'yicha maxsus koordinatori Tor Venneslandning aytishicha, Isroil va Falastin o'rtasidagi o't ochishni to'xtatish "mo'rt" va "zo'ravonlik davrlari" mustaqil Falastin davlati va Isroil birga yashasagina to'xtaydi.

Tor Venneslend BMT Xavfsizlik Kengashining so'nggi zo'ravonliklarga bag'ishlangan favqulodda yig'ilishida Isroil va Falastin rahbarlarini va xalqaro hamjamiyatni "ikki davlat asosli yechim yo'lida mazmunli muzokaralarga qaytish uchun diplomatik sa'y-harakatlarni kuchaytirishga" chaqirdi.

Misr vositachiligida erishilgan otashkesimning "to'liq ko'lamli urush boshlanishining oldini olishga yordam berganini" ifoda etgan Wennesland, "harbiy harakatlarni qayta boshlash falastinliklar va isroilliklar uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi va har qanday siyosiy taraqqiyotni murakkablashtirishi" haqida ogohlantirdi.

Juma kuni Isroil, G'azodagi Islomiy Jihodga tegishli ekanligini da'vo qilgan nishonlarga hujumga tayyorgarlik ko'rayotgani sabab hujum uyushtirdi.

Hujumlar ortidan G'azodan Isroil tomon bir qator raketalar otildi.

Isroilning G'azo sektoriga uyushtirgan hujumlari natijasida 44 kishi, jumladan 14 bola va 4 ayol hayotdan ko'z yumdi, Isroil tomonida qurbonlar qayd etilmadi.Tomonlar oʻrtasida Misr vositachiligida erishilgan oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvi 7 avgust kuni kuchga kirdi.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Sulh , #Falastin , #Isroil , #BTMT

Aloqador xabarlar