Fransiya janubidagi yong'inda 700 gektar maydon kulga aylandi

Davom etayotgan yong‘inni o'chirishga 600 nafar o‘t o‘chiruvchi, ko‘plab o‘t o‘chirish mashinalari va samolyotlar ham safarbar etilgan.

1865562
Fransiya janubidagi yong'inda 700 gektar maydon kulga aylandi

 

Fransiya janubida joylashgan Lozer shahrida yong‘in sodir bo'ldi. Yong'inda 700 gektar maydon kulga aylandi.

Fransuz matbuotida chop etilgan xabarlarga ko'ra, kecha kechqurun Lozerning janubi-g'arbiy qismida sodir bo'lgan yong'in qisqa vaqt ichida Aveyronning sharqiy qismiga ham yoyilgan.

Tez tarqalayotgan yong‘in oqibatida kamida 700 gektar yashil maydon yo‘q bo‘lib ketgan, 1200 kishi evakuatsiya qilingan.

Davom etayotgan yong‘inni o'chirishga 600 nafar o‘t o‘chiruvchi, ko‘plab o‘t o‘chirish mashinalari va samolyotlar ham safarbar etilgan.

Yevropa oʻrmon yongʻinlari axborot tizimi (EFFIS) maʼlumotlariga koʻra, Fransiyada yil boshidan buyon 47 ming gektardan ortiq oʻrmon va yashil maydonlar yonib ketgan.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya

Aloqador xabarlar