Janubiy Koreyada yuz bergan suv toshqinlarida 8 kishi halok bo'ldi

Ichki ishlar vazirligi Seul va uning atrofidagi shaharlarda 800 ga yaqin bino vayron bo‘lganini, kamida 790 kishi evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi. Vazirlik suv toshqini bo'yicha ogohlantirishni “jiddiy” darajaga ko‘tardi.

1865558
Janubiy Koreyada yuz bergan suv toshqinlarida 8 kishi halok bo'ldi

 

Janubiy Koreyada kuchli yomg‘ingarchilik sababli yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi bedarak yo‘qoldi.

Yonhap xabariga ko‘ra, poytaxt Seul va uning atrofida uylar, metro bekatlari, transport vositalari va ko‘plab binolarni suv bosgan, elektr ta’minoti va poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan.

Rasmiylar kuchli yomg'ir tufayli Seulda 5 kishi va Gyeonggi provinsiyasida 3 kishi halok bo'lganini ma'lum qildi.

Kyongi provinsiyasida ham 9 kishi yaralangani, 2 kishi bedarak yo‘qolganligi ma’lum qilingan. Seulda 4 kishi qidirilmoqda. 

Kuchli yomg‘ingarchilik, ko‘chki va suv toshqinlari ehtimoli tufayli ko‘plab yo‘llarda transport qatnovi to'xtatilgan.

Ichki ishlar vazirligi Seul va uning atrofidagi shaharlarda 800 ga yaqin bino vayron bo‘lganini, kamida 790 kishi evakuatsiya qilinganini ma’lum qildi. Vazirlik suv toshqini bo'yicha ogohlantirishni “jiddiy” darajaga ko‘tardi.

Koreya oʻrmon xo'jaligi boshqarmasi mamlakat boʻylab 47 ta shahar va tumanlarda koʻchki xavfi haqida ogohlantirdi.


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya

Aloqador xabarlar