Antonio Guterrish dunyoni yadroviy quroldan voz kechishga chaqirdi

BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Xirosima yadroviy bombardimon qilinganining 77 yilligi munosabati bilan Yaponiyada o’tkazilgan tadbirda nutq so‘zladi.

1865055
Antonio Guterrish dunyoni yadroviy quroldan voz kechishga chaqirdi

 

BMT bosh kotibi Antonio Guterrish dunyoni yadroviy quroldan voz kechishga chaqirdi.

Antonio Guterrish 12 yil ichida birinchi marta Xirosimadagi atom bombasi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlab o’tkazilgan marosimga tashrif buyurdi.

6 avgust, shanba kuni Xirosima yadroviy bombardimon qilinganining 77 yilligi munosabati bilan Yaponiyada o’tkazilgan tadbirda nutq so‘zlagan Guterrish, dunyoni yana bir bor yadro qurolidan butunlay voz kechishga chaqirdi.

“Jiddiy yadroviy tusga ega inqiroz tez sur’atlar bilan tarqalmoqda - Yaqin Sharqdan Koreya yarim oroli va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishigacha”,- dedi Guterrish Xirosimadagi Tinchlik memorial bog‘idagi xotira marosimida.

Guterrish Nyu-Yorkdagi Yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma (YaTsh) amal qilishini ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiya ishtirokchilariga murojaat qilib, “kelajakka tahdid soluvchi” dunyo yadroviy arsenallarini zudlik bilan tugatishga chaqirdi.

“Biz Xirosima dahshatlarini doim eslab qolishimiz va yadroviy tahdidning yagona yechimi yadro qurolining butunlay yo‘q bo’lishi ekanini tan olishimiz kerak. Hech kim yadro urushi g'oyasini qabul qila olmaydi, deb o'ylamayman. Bu sayyoraning halokati bo'ladi. Hech kim birinchi bo'lib yadro qurolini qo'llamasa, yadro urushi bo'lmaydi”,- dedi u.

Guterrish 4 avgust kuni Ukrainaning eng yirik atom elektr stantsiyasiga ega bo'lgan Zaporojya shahrining Rossiya tomonidan bombardimon qilinganiga e’tibor qaratib, "Atom elektr stantsiyasiga sodir etilgan har qanday hujum o'z joniga qasd qilishdir",-dedi.

“Geosiyosiy keskinliklar kuchayib, yadroviy tahdid ortib borayotgan bir paytda Yaponiyaning tinchlikka oid qat’iy va izchil pozitsiyasi har qachongidan ham muhimroqdir”, -deb qo’shimcha qiladi Guterrish.


Tanlangan kalimalar: #Xirosima , #Antonio Guterrish , #BMT

Aloqador xabarlar