Falastin - Isroil mojarosi hududida sukunat rejimi kuchga kirdi

Ma’lumotga ko‘ra, “Islomiy jihod” asirga olingan ikki jangchini ozod qilish bo‘yicha Isroil bilan kelishish kafolati evaziga sulh tuzishga rozi bo‘lgan.

1865042
Falastin - Isroil mojarosi hududida sukunat rejimi kuchga kirdi

 

7 avgustdan boshlab Falastin - Isroil mojarosi hududida sukunat rejimi kuchga kirdi.

Ma’lumotga ko‘ra, “Islomiy jihod” asirga olingan ikki jangchini ozod qilish bo‘yicha Isroil bilan kelishish kafolati evaziga sulh tuzishga rozi bo‘lgan.

Darvoqe, nizo Isroil armiyasi G‘azo sektorida “Tong” operatsiyasini e’lon qilgach boshlandi. Tez orada Isroil isroillik tinch aholiga qarshi ko‘plab terrorchilik harakatlari uchun mas’ul bo‘lgan “Islomiy jihod” qo‘mondoni Taysir Jabariy o‘ldirilganini e’lon qildi. Falastin tomoni ham bu xabarni tasdiqladi.

Bunga javoban G‘azo Isroilni o‘qqa tutdi va 5 avgust kuni kechqurun mamlakat janubida havo hujumi sirenalari yangradi.

Isroil bilan G’azodagi Islomiy Jihod Harakati o’rtasida Misr vositachiligida tuzilgan otashkesim mahalliy vaqt bilan soat 23:30 dan boshlab kuchga kirgani e’lon qilindi.

“Misrning Isroil qamoqxonalarida ochlik e’lon qilgan Xalil Avavde va dushanba kuni hibsga olingan “Islomiy jihod” tashkiloti rahbari Bessam Sa’diyning ozod etilishi uchun harakat qilish majburiyatini hisobga olib, maslahatlashuvlardan so’ng u otashkesimga erishilganini e’lon qiladi. Otashkesim bugun kechqurun 23:30 da boshlanadi”, deyilgan bayonotda.

Bayonotda har qanday hujumga javob berish huquqi saqlanib qolgani ta'kidlandi.

Misrga sa'y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirilgan bayonotda, "Isroil o't ochishni to'xtatish kelishuvi buzilgan taqdirda keskin javob berish huquqini saqlab qoladi" degan ifodalarga o’rin berildi.

Isroil armiyasi kotibi ham soat 23:30 da otashkesim rasman kuchga kirganini e'lon qildi va oldindan rejalangan "qiruvchi samolyotlar, vertolyotlar va qurolli uchuvchisiz uchish apparatlari ishtirokidagi so'nggi hujumning yakunlanganini" bildirdi.

O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi kuchga kirganidan so‘ng G‘azo ko‘chalarida bayram tadbirlari o‘tkazildi.

Eslatma: Joriy yilning 5 avgustidan beri Isroil harbiylari Falastinning blokada ostidagi G‘azo hududini o‘qqa tutishi oqibatida 44 kishi, jumladan, 15 nafar bola va 4 nafar ayol halok bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar