Nigeriyada “Boko Haram” terror guruhining 28 jangarisi yo‘q qilindi

So'nggi yillarda amalga oshirilgan operatsiyalarga qaramay, Afrikaning eng ko'p aholiga ega mamlakati Nigeriyada "Boko Haram" hamon jiddiy xavfsizlik muammosini keltirib chiqarmoqda.

1865048
Nigeriyada “Boko Haram” terror guruhining 28 jangarisi yo‘q qilindi

 

Nigeriya shimoli-sharqida 28 nafar “Boko Haram” jangarisi yo’q qilindi.

Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, jangovar samolyotlar qo‘llanilgan aksilterror operatsiyasi Borno shtatining Gvoza chekkasida bo‘lib o‘tdi va buning natijasida terror tashkiloti rahbari Alxaji Modu o‘ldirildi.

Ta’kidlash joizki, “Boko Haram” Nigeriyada 2000 yillarning boshidan buyon faol bo‘lib, hozirga qadar 20 mingdan ortiq odam terror tashkiloti qurboniga aylangan.

So'nggi yillarda amalga oshirilgan operatsiyalarga qaramay, Afrikaning eng ko'p aholiga ega mamlakati Nigeriyada "Boko Haram" hamon jiddiy xavfsizlik muammosini keltirib chiqarmoqda.

“Boko Haram” 2015 yildan beri Kamerun, Chad va Nigerga hujum qilib keladi. Chad ko‘li hududiga uyushtirilgan xurujlar oqibatida terrorchilar tomonidan kamida 2 ming kishi o‘ldirilgan.

Shuningdek, har yili to‘qnashuv va teraktlar tufayli mazkur mamlakatlarda istiqomat qiluvchi yuz minglab odamlar o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya , #Boko Harom

Aloqador xabarlar