Xitoyda 900 yillik tarixiy ko‘prik yonib, kulga aylandi

Xitoy sharqida Futszyan provinsiyasida joylashgan Vanan ko'prigining uzunligi 98 metrdan ortiq bo'lib, u "mamlakatdagi eng uzun yog'och-tosh ko'prigi" hisoblanadi.

1864859
Xitoyda 900 yillik tarixiy ko‘prik yonib, kulga aylandi

 

Xitoydagi yog‘ochdan arka usulda yasalgan mamlakatdagi eng uzun Vanan ko‘prigi yong‘in tufayli qulab tushdi. 900 yillik tarixga ega ko‘prik Xitoy sharqida Futszyan provinsiyasida joylashgan.

Xitoy Kommunistik partiyasining nashri Global Times nashriga ko‘ra, Su sulolasi davrida hozirgi Futszyan shahrining Pingnan tumanidagi tosh va yog‘ochdan yasalgan kamar ko‘prikda yong‘in sodir bo‘lgan.

Xabarda keltirilishicha, Pinnan uyezdida joylashgan Vanan ko‘prigida yong‘in shanba kuni tunda boshlangan. Taxminan 10 soatlik urinishlardan so'ng yong'in o'chirilgan.

"Hozirda ko‘prik to‘liq yonib bo‘lgan va qulab tushgan, hech kim jabr ko‘rmagan", – deyiladi xabarda. 

Xitoydagi tarixiy arxitektura sohasi mutaxassislari yong‘inning tabiiy sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin emasligini ta’kidladilar.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, suv ustidagi ko'prikda yong'in chiqishi kam uchraydigan hodisadir.

Yong'inning inson qo'li bilan chiqqan bo'lishi mumkinligiga e'tibor qaratgan mutaxassislar, tarixiy yog'och inshootlarni himoya qilish muhimligini ta'kidladi.

"Umumjahon tinchlik ko'prigi" nomi bilan ham tanilgan Vanan ko'prigining uzunligi 98 metrdan ortiq bo'lib, u "mamlakatdagi eng uzun yog'och-tosh ko'prigi" hisoblanadi.

Avval ham ko‘prikda yong‘in sodir bo‘lgan, biroq shikastlangan qismlar tiklangandi.

Vanan ko‘prigi bundan 900 yil avval Sun avlodi hukmronlik qilgan davrda (960-1279) qurilgan. 1708 yilda ham ko‘prik yong‘indan ziyon ko‘rgan va 1742 yilda qayta tiklangan. Shundan buyon ko‘prik biror marta ham ta’mirlanmagan. Ko‘prik 1991 yilda hududiy darajada qo‘riqlanadigan ob’ekt, deb e’lon qilingandi, 2006 yilga kelib esa u milliy darajada qo‘riqlanadigan ob’ekt maqomiga erishdi. 

Xitoyning Global Times nashri ta’kidlashicha, Vanan yog‘ochdan arka usulida qurilgan mamlakatdagi eng uzun ko‘prik hisoblanadi (98,2 metr).

Pekin universitetining qadimiy me’morchilik bo‘yicha  ekspertlarining ta’kidlashicha, ko‘prikda yong‘in kelib chiqishiga inson omili sabab bo‘lishi mumkin. 


Tanlangan kalimalar: #ko'prik , #Xitoy

Aloqador xabarlar