Rossiya bolgariyalik 14 diplomatni “persona non grata” deb e'lon qildi

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Bolgariyaning Moskvadagi elchisi Atanas Kristin Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

1864289
Rossiya bolgariyalik 14 diplomatni “persona non grata” deb e'lon qildi

 

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi mamlakatdagi 14 nafar bolgar diplomatni “persona non grata” deb e’lon qildi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, Bolgariyaning Moskvadagi elchisi Atanas Kristin Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan.

Shuningdek, Bolgariya rasmiylari tomonidan 70 nafar rus diplomatning "persona non grata" deb e'lon qilishiga norozilik bildirilgan.

“Bolgariya hukumatining Rossiya diplomatik missiyasi vakillari sonini qisqartirish boʻyicha koʻrayotgan choralariga javoban elchi Kristinga Bolgariyaning Rossiyadagi 14 nafar xodimini "persona non grata" deb eʼlon qilgan nota berildi. Biz Rossiyaga nisbatan do‘stona bo‘lmagan qadamlar Bolgariya va bolgar xalqining milliy manfaatlariga hech qanday aloqasi yo‘q, deb hisoblaymiz”,-deyiladi bayonotda.

 


Tanlangan kalimalar: #Bolgariya , #Rossiya

Aloqador xabarlar