Nensi Pelosi Koreya yarim oroliga tashrif buyurdi

"Biz Kongress delegatsiyasi bilan tashrifimizni davom ettirar ekanmiz, mintaqadagi sherikligimizni mustahkamlashga va erkin hamda Hind-Tinch okeani bo'ylab aholiqalarimizni rivojlantirishga harakat qilmoqdamiz", dedi Pelosi.

1864178
Nensi Pelosi Koreya yarim oroliga tashrif buyurdi

 

AQSH Kongressi Quyi palatasi spikeri Nensi Pelosi o‘z kongressi delegatsiyasi bilan Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya chegarasi bo‘lgan Koreya neytral hududiga tashrif buyurdi.

Nensi Pelosi tashrif haqida bayonot berdi

“Harbiylardan tozalangan hudud - Qo‘shma xavfsizlik zonasi (DMZ/JSA) va Osan havo bazasiga tashriflarimiz chog‘ida Koreya yarim orolida demokratiya qo‘riqchisi bo‘lib xizmat qilayotgan askarlarimizning vatanparvarlik xizmati uchun Kongress va mamlakatga o‘z minnatdorchiligimizni bildirdik”, dedi u. 

"Biz Kongress delegatsiyasi bilan tashrifimizni davom ettirar ekanmiz, mintaqadagi sherikligimizni mustahkamlashga va erkin hamda Hind-Tinch okeani bo'ylab aholiqalarimizni rivojlantirishga harakat qilmoqdamiz", dedi Pelosi.

Mintaqaga tashrifini 1 avgust kuni Singapurdan boshlagan Nensi Pelosi, keyin Malayziyaga, ortidan esa Tayvanga yo‘l olgandi.


Tanlangan kalimalar: #Koreya , #Nensi Pelosi

Aloqador xabarlar