Senegalning hukmron koalitsiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni boy berdi

Ovoz sanash milliy komissiyasi raisi Aly Ba Respublikachilar alyansi parlamentdagi 165 o‘rindan 82 tasini qo‘lga kiritganini ma’lum qildi.

1864155
Senegalning hukmron koalitsiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni boy berdi

 

Senegal prezidenti Makki Sallning hukmron koalitsiyadagi Respublikachilar alyansi (APR) mamlakatda 31 iyulda bo‘lib o‘tgan umumiy saylovlarda g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, Milliy assambleyadagi mutlaq ko‘pchilikni boy berdi.
Ovoz sanash milliy komissiyasi raisi Aly Ba Respublikachilar alyansi parlamentdagi 165 o‘rindan 82 tasini qo‘lga kiritganini ma’lum qildi.

Usmon Sonko boshchiligidagi “Yuvi Askan Vi” (Xalqni ozod qilish) muxolifat partiyasi 56 o‘rinni, yana bir ittifoqchi “Vallu Senegal” esa 24 o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Qolgan 3 ta o‘rin kichik koalitsiyaga nasib qildi. Bahsli masala bo‘yicha partiyalar Konstitutsiyaviy kengashga murojaat qilishi mumkin. Yakuniy natija kelasi hafta oxirigacha e’lon qilinadi.

Mamlakatda 31 iyul kuni boʻlib oʻtgan umumiy saylovlarda hukmron APR koalitsiyasi va muxolifatdagi Yuvi Askan Vi saylovlarda gʻalaba qozonganini daʼvo qildi.

Taʼkidlanishicha, parlament saylovi 2024-yilda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovi oldidan bir sinovdir.

Bu natijalar bilan Senegalda 1960-yilda mustaqillikka erishganidan beri birinchi marta hukmron partiya guruhi Milliy majlisdagi mutlaq ko‘pchilikni yo‘qotdi.

Hukmron partiya 2017 yilgi umumiy saylovlarda 125 o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Senegal

Aloqador xabarlar