Kaliforniya shtati o'rmon yong'inlariga qarshi kurashmoqda

Yong‘in tufayli 400ga yaqin bino xavf ostida ekanligi e’lon qilindi va 500 ga yaqin uyni evakuatsiya qilish to‘g‘risida buyruq berildi.

1861937
Kaliforniya shtati o'rmon yong'inlariga qarshi kurashmoqda

 

Amerika Qo'shma Shtatlarining Kaliforniya shtati o'rmon yong'inlariga qarshi kurashmoqda.

Kaliforniyadagi Klamath milliy o'rmonida avj olgan yong'inni nazorat qilib bo'lmayotir.

AQSh O'rmon xizmati voizi Adrienne Freeman mintaqadagi qurg'oqchilikka e'tibor qaratib, alanganing kuchli shamol ta'sirida keng tarqalishi mumkinligini aytdi.

Siskiyou viloyatida 207 kvadrat kilometr maydonga tarqalgan yong‘in tufayli 400 ga yaqin bino xavf ostida ekanligi e’lon qilindi va 500 ga yaqin uyni evakuatsiya qilish to‘g‘risida buyruq berildi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Kaliforniya

Aloqador xabarlar