Somalida vabo epidemiyasi tufayli 37 kishi vafot etdi

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan e'lon qilingan hisobotda yanvar-iyun oylarida mamlakatda 8 ming 41 kishida vabo kasalligi aniqlangani, epidemiya tufayli 37 kishi vafot etgani bildirildi.

1861845
Somalida vabo epidemiyasi tufayli 37 kishi vafot etdi

 

Somalida joriy yilning birinchi yarmida vabo epidemiyasi tufayli 37 kishi vafot etdi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan e'lon qilingan hisobotda yanvar-iyun oylarida mamlakatda 8 ming 41 kishida vabo kasalligi aniqlangani, epidemiya tufayli 37 kishi vafot etgani bildirildi.

Joriy yil mamlakatda kasallikka chalinganlarning taxminan 54 foizini ikki yoshdan kichik bolalar tashkil qilmoqda. 49 foizini esa ayollar tashkil qilmoqda.

"Somali aholisining atigi 52 foizi toza ichimlik suvi yoki xavfsiz boshqariladigan ichimlik suvi xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega va hozirgi qurg'oqchilik suvni yanada tanqis qilmoqda, jamoalar suv bilan yuqadigan kasalliklarni oldini olish uchun kurashmoqda" deyiladi bayonotda.

Somali hukumati va Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti o'tgan oy 4984 nafar tibbiyot xodimini vabo epidemiyasiga qarshi xalqni emlashga safarbar qilgandi. Unda 897 ming 86 kishi emlandi.


Tanlangan kalimalar: #vabo , #Somali

Aloqador xabarlar