BMTXK Iroqdagi hujumni qoraladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi Iroqdagi hujumni qoraladi.

1859739
BMTXK Iroqdagi hujumni qoraladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi Iroqning Duhok viloyatining Zaho tumanida tinch aholining hayotiga zomin bo‘lgan hujumni qoraladi.

BMT Xavfsizlik kengashi mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida:

“Xavfsizlik kengashi aʼzolari 2022-yilning 20-iyuli kuni Iroqning Duhok viloyatida uyushtirilgan hujumni keskin qoraladi. Hujum natijasida tinch aholidan kamida toʻqqiz kishi halok boʻldi. Ular orasida bolalar ham bor”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bayonotda shuningdek,

“Xavfsizlik kengashi a’zolari qurbonlarning oilalari, Iroq hukumati va Iroq Kurdiston mintaqasiga chuqur hamdardlik bildirib, tan jarohati olganlarga shifo tiladi. Tergovlar bilan bog‘liq Iroq hukumatini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi”.-deyildi.

Kengashga aʼzo barcha davlat ushbu tergovni qo‘llab-quvatlash uchun Iroq hukumati va boshqa tegishli maqomlar bilan faol hamkorlikka chaqirilib, Iroq mustaqilligi, birligi, hududiy yaxlitligi, demokratik jarayoni va farovonligini qoʻllab-quvvatlashlari takrorlandi.

Iroqning Duhok viloyatining Zaho tumanida 20-iyul kuni PKK terror tashkiloti tomonidan uyushtirilgan hujumda 9 kishining hayotdan ko‘z yumgani, ko‘plab kishining tan jarohati olgani ma’lum qilingandi.



Aloqador xabarlar