BMT don yuklangan kemalarning Ukraina portlaridan yo‘lga chiqishini kutmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), don yuklangan kemalarning Ukraina portlaridan bir necha kun ichida yo‘lga chiqishini kutmoqda.

1859459
BMT don yuklangan kemalarning Ukraina portlaridan yo‘lga chiqishini kutmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) don yuklangan kemalarining Ukraina portlaridan bir necha kun ichida yo‘lga chiqishini kutayotganliklarini ma’lum qildi.

Bu haqda BMTning Nyu-Yorkdagi markazida uyushtirilgan matbuot anjumanida tashkilot bosh kotibining matbuot xizmati vakili o‘rinbosari Farhan Haq:

“Juma kuni (Istanbulda) erishilgan kelishuvga muvofiq don, og‘it va oziq-ovqat yuklangan kemalarning xavfsiz ravishda yo‘lga chiqishi uchun tomonlarning harakatga o‘tishini xohlaymiz”.-dedi.

Mazkur kemalarning Ukrainaning Qora dengiz sohilidagi portlardan o‘tishini va ulardan birining Odessa porti ekanini yodga solgan Haq,

“Kemalar yo‘lga chiqishi uchun barcha sharoitlar mavjudligiga ishonch hosil qilishni istaymiz. Odessa portiga hujum uyushtirilishi bu masalaga yordam bermaydi degan fikrdamiz.

Shanba kunidan beri, don kelishuviga amal qilinishi masalasini kuzatgan tomonlar bilan aloqadamiz. Bosh kotib Antoniu Guterrish shu doirada tegishli har bir kishi bilan muloqot qilishni davom etmoqda”.-dedi.

Haqning xabar berishicha, ular Ukrainadan don yuklangan kemalarning “bir necha kun ichida” yo‘lga chiqishini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qora dengizdan xavfsiz ravishda don va don mahsulotlari eksport qilish uchun 22-iyul kuni Istanbuldagi Dolmabaxche saroyidagi Prezident ofisida Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘an va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish huzurida Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida, “Don va don mahsulotlarini Ukraina portlaridan xavfsiz ravishda tashish tashabbusi hujjati”,-imzolangandi.

Chunki, 24-fevral kuni Ukraina bilan Rossiya o‘rtasida boshlagan urush tufayli yuk kemalari Ukraina portlaridan chiqa olmay qolgan va natijada, dunyoning ko‘plab davlatida don inqirozi qayd etilmoqda.



Aloqador xabarlar