Uganda qurg'oqchilik sababli 900 dan ortiq kishining ochlikdan o'lganligi iddao qilindi

Daily Monitor xabariga ko'ra, mintaqa rasmiylarining bildirishicha, fevral oyidan beri Kaabongda 259 kishi, Napakda 49 kishi, Kotidoda 626 kishi ochlik va ochlik bilan bog'liq kasalliklar tufayli vafot etgan.

1859187
Uganda qurg'oqchilik sababli  900 dan ortiq kishining ochlikdan o'lganligi iddao qilindi

 

Uganda shimolidagi Karamoja hududida qurg'oqchilik sabab 900 dan ortiq kishining ochlikdan o'lganligi iddao qilindi.

Daily Monitor xabariga ko'ra, mintaqa rasmiylarining bildirishicha, fevral oyidan beri Kaabongda 259 kishi, Napakda 49 kishi, Kotidoda 626 kishi ochlik va ochlik bilan bog'liq kasalliklar tufayli vafot etgan. Hayotdan ko'z yumganlarning asosiy qismini bolalar va qariyalar tashkil etadi.

Dehqonchilik va chorvachilik nihoyasiga yetgan mintaqaga yuborilgan oziq-ovqat yordami o'tgan hafta yetarli bo'lmadi.

Mahalliy rasmiylar hukumatni mintaqaga yordamni oshirishga chaqirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, mintaqadagi har 10 kishidan 8 nafari oziq-ovqat yetishmovchiligi va ochlikdan aziyat chekmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #Kishi , #900 , #Ochlik , #Uganda

Aloqador xabarlar