Yaponiyaning Kyusyu orolida vulqon otildi

Mutahassislarning ogohlantirishicha, otilayotgan yirik vulqon toshlari yaqin masofada joylashgan Arimura va Furusato tumanlari va Kagosima shahriga xavf tug‘dirishi mumkin.

1859023
Yaponiyaning Kyusyu orolida vulqon otildi

 

Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Sakuradzima vulqoni yakshanba kuni oqshom payti portladi, natijada ushbu hududda xavflilik darajasi eng yuqori beshinchi bosqichga chiqdi.

Vulqon otilishi mahalliy vaqt bilan soat 20:05 da boshlangan, kul otilishi balandligi 2,5 kilometrgacha yetgan. 

Mutahassislarning ogohlantirishicha, otilayotgan yirik vulqon toshlari yaqin masofada joylashgan Arimura va Furusato tumanlari va Kagosima shahriga xavf tug‘dirishi mumkin. 

Shu sababli Kagosima shahrida xavflilik darajasi eng yuqori beshinchi bosqichga ko’tarilgan. U yerdagi aholini xavfsiz joyga evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida vulqon tahlili va ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga hamda odamlarning himoyasini ta’minlashga ko‘rsatma berdi.

 


Tanlangan kalimalar: #vulqon , #Yaponiya

Aloqador xabarlar