Hindistonning yangi 15-prezidenti nomi e’lon qilindi

“Bxaratiya janata Parti” (BJP) yetakchiligidagi Milliy-demokratik alyansdan nomzodi ko‘rsatilgan Draupadi Murmu mamlakatning yangi prezidenti deb e’lon qilindi.

1858077
Hindistonning yangi 15-prezidenti nomi e’lon qilindi

 

Kecha Hindistonning yangi 15-prezidenti nomi e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, “Bxaratiya janata Parti” (BJP) yetakchiligidagi Milliy-demokratik alyansdan nomzodi ko‘rsatilgan Draupadi Murmu mamlakatning yangi prezidenti deb e’lon qilindi. 

Hindistonda prezident saylovi 18 iyulda bo‘lib o‘tgandi. Unda Hindiston parlamentining 4896 nafar a’zosi ovoz berdi.

Shunga ko‘ra, “qabila xonimi” sifatida tanilgan 64 yoshli Murmu saylovda g‘olib chiqdi.

Sobiq prezident Pratibha Patildan keyin bu o'rinni egallagan ikkinchi ayol bo'lgan Murmu uchun 25 iyulda qasamyod marosimi o’tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu kungacha BJPda yuqori lavozimlarni egallab kelgan Murmu 21 iyun kuni NDA prezidentlikka nomzod sifatida tanlangan.

Murmu shu bilan Hindiston mustaqillikka erishgandan so'ng tug'ilib, mamlakatning eng yuqori lavozimini egallagan birinchi shaxs va qabilalarning birinchi prezidenti bo'ldi.

Siyosatga kirishdan oldin dars bergan Draupadi Murmu tug'ilgan joyi Odisha shtatida vazir, 2015 yildan 2021 yilgacha Jxarxand gubernatori lavozimlarida ishlagan. Murmu o'zi a'zo bo'lgan Santhal qabilasining ayol rahbarlaridan biri, "qabila xonimi" deb ataladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Draupadi Murmu , #Hindiston

Aloqador xabarlar