Dunyoda15-iyul Demokratiya va Milliy birlik kuni munosabati bilan dasturlar uyushtirildi

Angliyaning Luton shahrida ingliz turklar uyushmasi mezbonligida "15-iyul Demokratiya va Milliy birlik kuni" munosabati bilan xotira dasturi va panel uyushtirildi.

1855401
Dunyoda15-iyul Demokratiya va Milliy birlik kuni munosabati bilan dasturlar uyushtirildi
guney afrika 15 temmuz.jpg
isvicre 15 temmuz.jpg
ingiltere 15 temmuz.jpg

 

Angliyaning Luton shahrida ingliz turklar uyushmasi mezbonligida "15-iyul Demokratiya va Milliy birlik kuni" munosabati bilan xotira dasturi va panel uyushtirildi.

Panelga Turkiyaning Londondagi elchisi Umit Yalchin, Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) Rize deputati va NATO Parlament Assambleyasi Turk Guruhi Rahbari O’sman Ashkin Bak, yuqori martabali rasmiylar, ko'plab turk va ingliz mehmonlar ishtirok etdi.

Umit Yalchin, bu yerda qilgan nutqida, Fetullohchi terror tashkilotining (FETO) 2016-yil 15-iyuldagi xoin to’ntarish tashabbusining shafqatsizligi va xiyonatini ta’riflashga munosib so’z topa olmasligini bildirdi.

Xitoyning poytaxti Pekinda 15 iyul shahidlari yodga olindi.

Turkiya elchixonasida uyushtirilgan marosimda Aloqa boshqarmasi tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.

Elchi Abdulkadir Emin O’nen, FETO’ning xorijda keng tarqalgan tuzilmaga ega ekanligini ta’kidlab, 15-iyul va xoin terror tashkilotining ichki hikoyasini aytib berishni davom ettirishga chaqirdi.

Janubiy Afrikaning Yohannesburg shahridagi Nelson Mandela jamg'armasida "15 iyul demokratiya g'alabasi" nomli panel bo'lib o'tdi.

Panel Turkiyaning Pretoriyadagi elchixonasi, Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA), Turkiya Maarif fondi va Yunus Emre instituti bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Turkiyaning Pretoriyadagi elchisi Ayshegul Kandosh, FETO’ning qonli to'ntarish tashabbusi Turkiyaning konstitutsiyaviy va demokratik tuzumini to'g'ridan-to'g'ri yo'q qilishga qaratilgan terror harakati ekanini aytdi.

Shimoliy Makedoniyaning poytaxti Skopyedagi Turkiya elchixonasida bo’lib o’tgan yig’ilishda so’zga chiqqan elchi Hasan Mehmet Sekizko’k, FETOning o’zi faoliyat olib borayotgan boshqa davlatlar uchun ham xavfsizlik tahdidi ekanligini ta’kidlab, terrorga qarshi kurashda birgalikda harakat qilishning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

Elchi Sekizko’k, Shimoliy Makedoniya rasmiylaridan tashkilot a'zolari va ularning bizneslariga nisbatan aniqroq qadamlar tashlashlarini kutishlarini bildirdi.

Shveytsariyaning Tsyurix shahrida 15 iyul Demokratiya va milliy birlik kuni munosabati bilan xotira marosimi bo‘lib o‘tdi. Turkiyaning Tsyurixdagi Bosh konsulligida uyushtirilgan tadbirga Shveytsariyadagi turk nodavlat tashkilotlari vakillari va turk jamiyatidan ismlar ishtirok etdi.

Jazoirda 15 iyul Demokratiya va Milliy birlik kuni munosabati bilan xotira tadbiri bo'lib o'tdi.

Turkiyaning Jazoirdagi elchixonasi tomonidan poytaxt Jazoirdagi elchixonada uyushtirilgan dasturda 15 iyul shahidlari yodga olindi.

15 iyul Demokratiya va Milliy birlik kuni munosabati bilan Turkiyaning Vatikan elchixonasi bog'ida xotira tadbiri uyushtirildi.

Turkiyaning Vatikan elchisi Lutfullah Go’ktash mezbonlik qilgan tadbirga Turkiyaning Rimdagi elchisi O’mer Gucuk boshda ko’plab mehmon qatnashdi.

Tadbirda elchi Go’ktash, Turkiya barcha terror tashkilotlarida bo'lgani kabi FETOga qarshi ham qonun doirasida qat'iy kurash olib borayotganiga diqqat qaratdi.

“Biz ittifoqchilarimizdan hech bir terror tashkiloti, jumladan FETO’ga toqat qilmasliklarini kutamiz. Dedi u.

Qozog‘iston poytaxti Nur Sultonda 15 iyul Demokratiya va milliy birlik kuni munosabati bilan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Elchixona binosida Turkiyaning Nur Sulton elchisi Ufuk Ekiji mezbonlik qilgan tadbirga Qozog'iston davlat va harbiy muassasalar mas'ullari, diplomatlar, turk muassasalari vakillari va matbuot xodimlari ishtirok etdi.

Qozog'iston ma'muriyati bilan aloqalari FETOga qarshi kurashni kuchaytirishda davom etganiga diqqat qaratgan Ekiji,

“Qozog’iston rasmiylaridan kutayotganimiz FETO’ga qarshi samarali kurash olib borishdir. Ayni paytda mamlakatimiz Qozog‘istonga har xil ma’lumot va yordam berishga tayyor”. Deya qayd etdi.

Rossiya poytaxti Moskva shahrida “15-iyul Demokratiya va milliy birlik kuni” munosabati bilan xotira tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Elchixona binosida Turkiyaning Moskvadagi elchisi Mehmet Samsar mezbonlik qilgan tadbirda elchixona xodimlari, Turkiya muassasa va tashkilotlari vakillari hamda Turkiya fuqarolari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Sansar shunday dedi:

Rossiya FETO’ga qarshi kurashda Turkiyaga kerakli yordam beradi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar