Shvetsiyada YPG/PKK tarafdori Amineh Kakabaveh,vaziri Ann Linde ustidan jinoiy ish ochdi
Shvetsiyada bo'lginchi terror tashkiloti YPG/PKK tarafdori mustaqil deputat Amineh Kakabaveh, Shvetsiya, Finlyandiya va Turkiya o'rtasidagi uch tomonlama memorandumga munosabati tufayli Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Ann Linde ustidan jinoiy ish ochdi.
Shvetsiyada bo'lginchi terror tashkiloti YPG/PKK tarafdori mustaqil deputat Amirni Kakabaveh, Shvetsiya, Finlyandiya va Turkiya o'rtasidagi uch tomonlama memorandumga munosabati tufayli Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Ann Linde ustidan jinoiy ish ochdi.
Kakabaveh o‘tgan hafta Ispaniyada bo‘lib o‘tgan NATO yetakchilari sammiti oldidan Shvetsiya, Finlyandiya va Turkiya o‘rtasida imzolangan uch tomonlama memorandum “noqonuniy” bo‘lgani va tashqi ishlar vaziri Linde vakolatlarini buzganligi haqida jinoiy ish qo‘zg‘atdi, deya xabar beradi mamlakat rasmiy axborot agentligi TT.
Xabarda, Shvetsiyaning Turkiyaga qurol eksport qilish va'dasidan bezovta bo'lgani qayd etilgan Kakabaveh, Shvetsiyaning jinoyatchilarni Turkiyaga ekstraditsiya qilishi haqidagi moddaning ham tekshirilishini xohlaganligi bildirildi.