Ukraina Bosh shtab boshqarmasi: Rus armiyasi oxirgi bir kunda 200 askaridan ayrildi

Ukraina Bosh shtab boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, rus armiyasining 24-fevraldan 29-iyungacha qanday yoʻqotishlarga duch kelganiga e’tibor qaratildi.

1849903
Ukraina Bosh shtab boshqarmasi: Rus armiyasi oxirgi bir kunda 200 askaridan ayrildi

Ukraina, 24-fevraldan beri davom etgan urushda halok boʻlgan rus askarlari sonining 35 ming 450 nafarga yetganini ma’lum qildi.

Ukraina Bosh shtab boshqarmasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, rus armiyasining 24-fevraldan 29-iyungacha qanday yoʻqotishlarga duch kelganiga e’tibor qaratildi.  

Unda rus armiyasining oxirgi bir kunda 200 askar, 4 ta insonsiz havo transporti, 5 ta tank, 3 ta ogʻir qurol, 3 ta raketa otuvchi moslama, 16 ta zirhli vosita bilan 1 ta havo mudofaa tizimidan ayrilgani bildirildi.

Urush boshlaganidan beri esa rus armiyasining 35 ming 450 askaridan ayrilgani, ruslarga oid 217 ta uchoq, 185 ta vertolyot, 1 ming 572 ta tank, 3 ming 720 ta zirhli vosita, 781 ta ogʻir qurol, 246 ta raketa otish tizimi va 103 ta havo mudofaa tizimi yoʻq qilingani ifoda etilgan bayonotda rus kuchlariga oid yana 2 ming 598 ta avtomobil, 14 ta kema va yengil tez yurar qayiq bilan 640 ta insonsiz havo transportining yoʻq qilingani qayd etildi.

Shuningdek ruslar uloqtirgan 142 ta qanotli raketaning Ukraina havo mudofaa qismlari tomonidan bartaraf etilgani yodga solindi.  

Bayonotda shuningdek, Lisichansk tomonida toʻqnashuvning davom etgani va rus kuchlari eng koʻp Bahmutda yoʻqotishlarga uchragani bildirilar ekan, rus armiyasining Xarkovda qoʻlga kiritgan mintaqalarni nazorat ostida tutishga uringani ta’kidlandi.  

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan 25-mart kuni berilgan bayonotda, Ukrainada 1 ming 351 nafar rus askari halok bo‘lgani qayd etilgandi.



Aloqador xabarlar