Putin 24-fevraldan beri chet elga bo‘lgan birinchi tashrifini Tojikistonga uyushtirdi

Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush boshlagan 24-fevraldan beri chet elga bo‘lgan birinchi tashrifini Tojikistonga uyushtirgan Putin, poytaxt Dushanbeda Prezident Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

1849832
Putin 24-fevraldan beri chet elga bo‘lgan birinchi tashrifini Tojikistonga uyushtirdi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin Afg‘onistonda barcha etnik guruhlar mamlakat boshqaruvida o‘rin olish kerakligini qayd etdi.

Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush boshlagan 24-fevraldan beri chet elga bo‘lgan birinchi tashrifini Tojikistonga uyushtirgan Putin, poytaxt Dushanbeda Prezident Emomali Rahmon bilan uchrashdi.

Uchrashuvning matbuotga ochiq qismida bayonotlar bergan Putin, Rossiya-Tojikiston oʻrtasidagi munosabatlar yaxshilanganini va oʻzaro savdo oʻsishida yilning ilk 3-4 oyida “rekord” oʻrnatilganini qayd etdi.

Xavfsizlik bilan bogʻliq mavzularga alohida e’tibor berganliklarini ta’kidlagan Putin, Afgʻoniston masalasiga toʻxtalgan holda:

“Biz bu mamlakatdagi vaziyatni yaxshilash uchun qoʻlimizdan kelganini qilyapmiz. Vaziyatni nazorat ostida ushlab turgan kuchlar bilan aloqalarni oʻrnatish payidamiz. Barcha etnik guruh vakillari Afgʻoniston boshqaruvida o‘rin olish kerak. Bu boradagi faoliyatlarimizni davom ettiramiz.”-dedi.  

Afgʻonistondagi barcha siyosiy kuchlar bilan aloqada ekanliklarini ifoda etgan Putin, afgʻonistonlik bir hay’atning iyun oyining boshida uyushtirilgan XXV Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etganini yodga soldi.

Tojikiston Prezidenti Rahmon esa, “Rossiya, Tojikistonning yetakchi savdo-iqtisodiy hamkori bo‘lib qolaveradi”.-dedi.

Emomali Rahmon mavzu haqida shuningdek:

“Yilning ilk besh oyida oʻzaro savdo hajmi qariyb 50 foizga oʻsdi. Hududlar oʻrtasidagi hamkorlik rivojlanmoqda. Rossiyaning 80 dan ortiq hududi Tojikiston bilan savdo va boshqa aloqalarga ega”.-deya gapirdi.

Ikki davlat oʻrtasida xavfsizlik sohasida jadal hamkorlik davom etayotganini ifoda etgan Rahmon, Putin bilan Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilishga tayyorligini bildirdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar